“Mavlono” ta’lim markazi haqida
Mavlono — bilimni hayotiy ko‘nikmalar bilan birlashtiradigan zamonaviy ta’lim makoni. Bizning missiyamiz — har bir o‘quvchining salohiyatini ochish, mustaqil fikrlaydigan, bilimga qiziquvchan va kelajakdagi imkoniyatlarga tayyor avlodni shakllantirish.

Mavlonoda ta’lim faqat dars va yodlash bilan cheklanmaydi. Biz interaktiv mashg‘ulotlar, amaliy topshiriqlar, munozara, loyiha, ijodiy faoliyat va zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz. Sun’iy intellekt va raqamli vositalar ta’lim jarayonining bir qismiga aylanadi.
Huquq, xorijiy tillar, SAT, maktab fanlari, musiqa va bolalar rivojlanishi uchun yaratilgan maxsus “iband” dasturlar bir makonda jamlangan.
Mavlono — bilim olish, o‘zini sinash, yangi qobiliyatlarni kashf etish va katta maqsadlar sari harakat qilish uchun yaratilgan muhit.
Bepul sinov darsiga yozilish
Ma’lumotlaringizni qoldiring — administratorlarimiz siz bilan bog‘lanadi.